Sardorbek olamdan o‘tdi...
Alloh har bir bandasiga umr shamini hadya etgan. U kimdadir uzoq yonadi, boshqa birovda esa qisqa. Ne bo‘lsa-da, barchamiz Yaratgan huzuriga yo‘l olamiz. Chunki bu odam bolasining peshonasida yozilgan taqdiri ilohiy.
KUN.UZ tahririyati tomonidan namanganlik 11 yoshli Sardorbek uchun xayriya aksiyasi tashkil etilgan edi. Allohga shukr, tanimasada Sardorbek uchun jon kuydirib, unga ham moddiy, ham ma'naviy ko‘mak berganlar ko‘p uchradi. Ammo...
Sardorbekning dadasi bizga qo‘ng‘iroq qilib, o‘g‘li olamdan o‘tganini, unga yordam bergan barchadan minnatdor ekanligini aytib yig‘ladi. Farzand dog‘i eng azobli dard. Bu musibat hech kimning boshiga tushmasin ekan. Biroq biz Yaratganning qazoi qadariga iymon keltirganmiz, o‘zi beradi, o‘zi oladi. KUN.UZ tahririyati Sardorbekning oila a'zolariga sabru-jamil tilaydi, chuqur hamdardlik izhor etadi.
Mavzuga oid
22:50 / 08.10.2024
Siyosiy mahbuslarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan marafon uch oyda 378 ming yevro to‘pladi
13:08 / 31.08.2024
AQShda shahar hokimiyati 12 yoshli bolaning xayriya do‘konini yopdi. Aholi bola uchun 20 ming dollar yig‘ib berdi
08:23 / 20.08.2024
O‘zbekistonda umumxalq xayriya hashari o‘tkaziladi
13:19 / 03.07.2024