Farzand ne'mati ota-ona uçun Yaratganning eng bebaho in'omidir. Bolangizga bir zirapça kirsa, joningizni berişga tayyorsiz. Xasta bölsa-çi? Dunyo közingizga qoronğu böladi. Heç qayerga siğmay ketasiz. Biroq bu hayot va uning biz uçun kutilmagan sinovlari bisyor.

Oramizda farzandi xastalanib, Yaratgandan najot va umid kutayotganlar ançagina. KUN.UZ saytiga Qosimov Sardorbek haqida uning döstlari maktub yölladi. 

Namanganlik 11 yoşli Sardorbekka köpçilik havas qilar edi. A'lo bahoga öqib, çempion bölgan Sardorbek kutilmaganda oğir xastalikka çalindi. Ota-onasi yelib yugurib, kerakli muolajalarni qilişdi. Biroq dardga davo topilmadi. Şunday bölsa-da, Sardorbek taslim bölgani yöq. Ota-onasi umidini ham uzgani yuk. Namanganga safarimiz davomida Sardorbekni körgani bordik. Xonadonga borganimizda bizni Sardorbekni parvarişlayotgan buvisi kutib oldi.  

“Karatedan Çempion böldi. A'lo bahoga öqib yurgandi. Ötgan yili közi xiralaşdi. Şundan bilib qoldik. Şifokorlarga murojaat qildik. Boşida ösimta bor dedi. Ikki marta Toşkentda operatsiya böldi. Biroq şifo topmadi. Hozir xorijdan şu kasallik böyiça tajribali şifokor professorga murojaat qilganmiz. Kelib, operatsiya qiladigan böldi. Faqat mablağdan qiynalyapmiz. Qizim va kuyovim işlayapti. Men bolaga qarayapman” deya köziga yoş oldi Sardorbekni buvisi.

Sardorbek qalbimizni eritib yubordi. Könglimizdan unga yordam beriş istagi ötdi. Hali imkon bor. Uni saqlab qoliş mumkin. U yana oyoqqa turib ketişiga işonamiz. Sardorbek hali Namanganning iftixori, Özbekistonning ğururi böladi. 

Azizlar, keling, bir ğayrat qilaylik! Qölimizdan kelganiça moddiy yordam beraylik. Heç bölmaganda duo qilaylik!