Sport | 09:39 / 29.04.2018
27103
1 daqiqa o‘qiladi

Fyodor Yemelyanenko amerikalik jangchi Mir ustidan g‘alaba qozondi

Rossiyalik aralash yakkakurash jangchisi, “So‘nggi imperator” Fyodor Yemelyanenko Bellator chempionlik kamari uchun o‘tayotgan musobaqaning 1-davrasida amerikalik Frenk Mir ustidan ishonchli g‘alabaga erishdi.

Chikagoda o‘tgan jang Yemelyanenkoning 1-raunddagi g‘alabasi bilan yakunlandi. Rossiyalikka g‘alabaga erishish uchun bir daqiqadan kamroq vaqt kifoya qildi.

41 yoshli Yemelyanenko uchun bu g‘alaba faoliyatidagi 37-g‘alaba bo‘ldi. U 2015 yilda faoliyatini tiklagandan keyin o‘tkazgan 4 ta jangda 3-g‘alabani qo‘lga kiritdi. Uning 38 yoshli raqibi esa faoliyatidagi 30 ta jangdagi 12-mag‘lubiyat alamini totdi.

Yemelyanenko endi musobaqaning yarimfinalida o‘z tengdoshi, amerikalik Cheyl Sonnen bilan uchrashadi.

 

Mavzuga oid