Aralaş yönaliş (MMA) böyiça rossiyalik jangçi Fyodor Yemelyanenko irlandiyalik hamkasbi Konor Makgregorga maslahat berdi. Sportçining sözlari TASS tomonidan keltirilgan.

Yemelyanenko tan olişiça, unga Makgregorning xatti-harakatlari yoqmaydi. «U (Makgregor) birinçi navbatda öz tilini, gapirayotgan gaplarini nazorat qilişi kerak», - deya ta'kidlab ötdi rossiyalik. 

Şuningdek, u öz hamyurti Habib Nurmagomedov haqida fikr bildirib, uni «madaniyatli, ijobiy jangçi», deb ta'rifladi. Şu bilan birga, Yemelyanenkoning qayd etişiça, UFC çempionini şaxsan deyarli tanimaydi.

Eslatib ötamiz, avvalroq Yemelyanenko Nurmagomedovning xatti-harakatlari haqida gapirgandi.