Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi Fyodor Yemelyanenko oğir vazn toifasida Bellator gran-prisi finalida amerikalik Rayan Beyderdan mağlubiyatga uçradi.

Los-Anjyelesda ötgan jang 1-raundning 1-daqiqasida rossiyalikning nokautga uçraşi bilan tugadi. Yemelyanenko jangning 35-soniyasida boşiga zarbani ötkazib yuborgaç, yiqilib tuşgan. Şundan keyin amerikalik unga ketma-ket zarbalar bergaç, hakam jangni töxtatişga qaror qilgan.

Yemelyanenko finalga yölda amerikalik Frenk Mir va Çeyl Sonenni, Beyder esa hamyurtlari Muhammad Laval va Mett Mitrionni mağlub etgan. 

Yemelyanenko Bellator taşkiloti bilan 2016 yil noyabrda şartnoma tuzgan. Beyder bilan jang u uçun taşkilotdagi törtinçisi böldi. Uning Bellator’dagi birinçi jangi Mett Mitriondan mağlubiyat bilan yakunlangandi.

Bu mağlubiyat 42 yoşli Yemelyanenko uçun faoliyatidagi 6-mağlubiyat böldi. 35 yoşli Beyder endi ikkita vazn toifasidagi çempionlik kamariga ega böldi. Uning hisobida endilikda 27 ta ğalaba va 5 ta mağlubiyat bor.

Foto: Hans Gutknecht, Los Angeles Daily News/SCNG
Foto: Hans Gutknecht, Los Angeles Daily News/SCNG