Rossiyalik aralaş yakkakuraş jangçisi, “Sönggi imperator” Fyodor Yemelyanenko Bellator çempionlik kamari uçun ötayotgan musobaqaning 1-davrasida amerikalik Frenk Mir ustidan işonçli ğalabaga erişdi.

Çikagoda ötgan jang Yemelyanenkoning 1-raunddagi ğalabasi bilan yakunlandi. Rossiyalikka ğalabaga erişiş uçun bir daqiqadan kamroq vaqt kifoya qildi.

41 yoşli Yemelyanenko uçun bu ğalaba faoliyatidagi 37-ğalaba böldi. U 2015 yilda faoliyatini tiklagandan keyin ötkazgan 4 ta jangda 3-ğalabani qölga kiritdi. Uning 38 yoşli raqibi esa faoliyatidagi 30 ta jangdagi 12-mağlubiyat alamini totdi.

Yemelyanenko endi musobaqaning yarimfinalida öz tengdoşi, amerikalik Çeyl Sonnen bilan uçraşadi.