Rossiyalik jangçi Fedor Yemelyanenko faoliyatidagi sönggi jangda amerikalik Rayan Beyderga yutqazdi. Bu AQŞning Kaliforniya ştati Inglvud şahrida bölib ötgan Bellator 290 turniridagi asosiy jang edi.

Bellaşuv birinçi raunddayoq yakunlanib, 2 daqiqayu 39 soniya davom etdi. Beyder ikkinçi daqiqada rossiyalikni ortga qulatdi. Keyin Yemelyanenko parterda çalqança yotgan holda zarbalar seriyasini ötkazib yubordi va hakam jangni töxtatdi.

Şu tariqa, Yemelyanenko Beyderdan oğir vazn toifasida Bellator çempionlik kamarini tortib ololmadi.

Bu uşbu rossiyalikning Beyderga qarşi ikkinçi jangi böldi. 2019 yil yanvarida u oğir vazn böyiça Bellator Gran-prisi finalida amerikalik raqibiga qarşi jangning 35-soniyasidayoq nokautga uçragandi. Beyder Yemelyanenkoni ikki bor mağlub etgan tarixdagi ilk jangçiga aylandi.

46 yoşli rossiyalik — tört karra Pride FC çempioni va ikki karra RINGS çempioni. U bir neça bor vazn toifasidan qat’i nazar turli versiyalarda eng yaxşi jangçi deb topilgan. U faoliyati davomida 48 jang ötkazib (bittasi hisoblanmagan) 40 bor ğolib bölgan. Avvalroq uşbu MMA afsonasi Beyderga qarşi jang uning faoliyatidagi oxirgi jang bölişini aytgandi. Jangdan keyin ham u ketişini uzil-kesil tasdiqladi.

39 yoşli Beyder endilikda MMA turnirlaridagi ğalabalari sonini 31 taga yetkazdi, u yetti bor mağlubiyatga uçragan, yana bir jangi hisoblanmagan.