Sport | 16:40 / 29.04.2018
7181
1 daqiqa o‘qiladi

Jyerrard bosh murabbiyi sifatida ish boshlaydi

Foto: Getty Images

«Liverpul» yoshlar jamoasi bosh murabbiyi Stiven Jyerrard Shotlandiyaning «Reyndjers» klubini boshqarishg rozi bo‘ldi, deya xabar bermoqda Mirror nashri.

Manba bergan xabarda yozilishicha, «Reyndjers» rahbarlari 37 yoshli mutaxassis jaomani oldingi super klub mavqeiga qaytara olishga ishonishmoqda. Qayd qilinishicha, Jyerrard o‘zining murabbiylar shtabiga «Liverpul» sobiq futbolchisi Gari Makallisterni ham qo‘shib olmoqchi.

«Reyndjers»ning hozirgi murabbiyi Grem Marti jamoani o‘tgan yilning 10 fevralidan buyon boqsharib bormoqda.

«Reyndjers» chempionat tugashiga 4 tur qolganida 65 ochko to‘plab, peshqadam «Seltik»dan 10 ochkoga ortda qolmoqda.

Mavzuga oid