«Aston Villa» klubi Stiven Jyerrardni rasman boş murabbiy deb e'lon qildi.
«Aston Villa» katta mamnuniyat bilan Stiven Jyerrardni jamoaning yangi boş murabbiyi deb e'lon qiladi», - deyiladi birmingemliklarning tvitterdagi rasmiy sahifasida.
Avvalroq, Jyerrard Birmingem klubi bilan 2,5 yillik şartnoma imzolaşi haqida aytilgandi.
Kuni keça APL klubi şotland jamoasi bilan Jyerrard masalasida kelişuvga erişgani, unga köra «Aston Villa» Stiven uçun «Reyndjers»ga 3 million yevro tovon puli tölaşi, Jyerrard «Aston Villa» tarixidagi eng köp haq oluvçi murabbiyga aylanişi haqida xabar berilgandi.
«Liverpul» afsonasi Angliyada bungaça 2017-2018 yillar davomida «Liverpul» klubi yoşlar jamoasini (U-19) boşqargan edi.
Ma'lumot uçun, «Villa» APL 11-turidan keyin 10 oçko bilan 16-örinda bormoqda. Ötgan haftada jamoa boş murabbiyi Din Smit iste'foga çiqarilgandi.












