Stiven Jyerrard «Aston Villa» boş murabbiyligini tark etdi.

Klub iste’foni e’lon qilib, mutaxassisga faoliyati uçun minnatdorçilik bildirdi va kelgusida muvaffaqiyatlar tiladi.

Jyerrard 2021 yilning noyabrida «Aston Villa»ni qabul qilib olgandi va uning qöl ostida jamoa ötgan mavsumni 14-örinda yakunlaşdi. Uşbu mutaxassis jamoa bilan APLda jami 39 öyin ötkazgan, şundan 12 uçraşuvda ğalabaga erişgan, 8 durang qayd etgan va 19 bor mağlubiyatga uçragan.

Bu iste’fo «Aston Villa» payşanba oqşomida APLning 12-turi doirasida «Fulhem»ga yirik hisobda mağlub bölişi ortidan röy berdi.

Endilikda birminghemliklar jamoasi 11 öyinda 9 oçko töplab, turnir jadvalida 17-örinda joylaşgan.

OAV ma’lumotiga köra, Jyerrard örniga nomzodlar qatorida Maurisio Poçettino favorit bölib turibdi.