Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi bo‘lim boshlig‘i pora bilan ushlandi
Foto: Toshkent viloyati prokuraturasi axborot xizmati
Toshkent viloyati huquqni muhofaza qiluvchi organlari tomonidan poraxo‘rlik holati fosh etildi. Bu haqda viloyat prokuraturasi axborot xizmati xabar berdi.
Huquqni muhofaza qiluvchi organlariga Bekobod shahrida yashovchi M.A. murojaat qilib, shahar tibbiyot birlashmasi mansabdor shaxslari uning qizi F.S.ni mazkur tibbiyot muassasasiga sanitar vazifasiga ishga joylashtirish evaziga pora talab qilayotganligini bildirgan.
Ariza asosida o‘tkazilgan tezkor-tergov tadbir davomida Bekobod shahar tibbiyot birlashmasi bo‘lim boshlig‘i Yo.Yu. M.A.dan 100 AQSh dollari miqdoridagi pul mablag‘larini olayotgan vaqtda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.
Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, sud tomonidan Yo.Yu.ga nisbatan qamoqqa olish tarzidagi ehtiyot chorasi qo‘llanildi.
Mavzuga oid
16:07 / 07.04.2026
“Bu qarz deyiladi. Bilasiz-a?” – Andijon viloyati hokimining qo‘lga olingan o‘rinbosari
08:48 / 04.04.2026
Toshkentda bank xodimi 10 ming dollar pora bilan ushlandi
07:51 / 02.04.2026
Toshkent viloyatida advokat 10 ming dollar bilan ushlandi
10:43 / 01.04.2026