Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
TİKA O‘zbekistonda 700dan ko‘proq loyihani amalga oshirdi
Turkiya hukumati qoshidagi hamkorlik va muvofiqlashtirish agentligi (TİKA) O‘zbekistonda 1993 yildan hozirgi kungacha sog‘liqni saqlash, ta'lim, qishloq xo‘jaligi, chorvachilik va boshqa sohalarda 700dan ko‘proq loyihani amalga oshirgan.
Jumladan, Turkiya O‘zbekistonga TİKA orqali 50ta to‘liq jihozlangan tez tibbiy yordami mashinasini topshirib, O‘zbekiston sog‘liqni saqlash tizimiga o‘z hissasini qo‘shadi.
Bundan tashqari, TIKA O‘zbekistondagi bir qator shifoxonalarni kuvez va boshqa tibbiy uskunalar bilan ta'minlaydi.
Turk agentligi O‘zbekistonda bolalar sport majmuasini qurish loyihasini amalga oshirmoqda. Majmua qurilishi 2017 yil aprelda boshlangan.
Agentlik, shuningdek, O‘zbekiston Bolalar salomatligi jamg‘armasidagi tibbiy-ijtimoiy markaz hududida basketbol, futbol va tennis maydonchalari bo‘lgan sport majmuasi barpo etdi.
Mavzuga oid
18:59
Turkiya va O‘zbekiston diplomatik munosabatlar o‘rnatilganining 34 yilligini nishonlamoqda
19:11 / 02.03.2026
Turkiyada yana bir o‘zbekistonlik ayol o‘ldirilgani taxmin qilinmoqda
17:49 / 02.03.2026
Turkiyada aniqlangan noqonuniy migrantlar orasida o‘zbekistonliklar uchinchi o‘rinda qayd etildi
15:28 / 02.03.2026