Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya innovatsiya bo‘yicha ilmiy hamkorlikni yo‘lga qo‘yadi
Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘anning mamlakatimizga davlat tashrifi doirasida O‘zbekiston innovatsion rivojlanish vaziri I.Abdurahmonov va Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi TUBITAK o‘rtasida hamkorlik to‘g‘risidagi protokol imzolandi.
Mazkur hujjatga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi va Turkiya ilmiy texnologik tadqiqotlar kengashi birgalikda tadqiqot va rivojlantirish loyihalari olib boriladi.
Shuningdek hujjat ilmiy tadqiqot ishlarini olib borish, uzluksiz ilmiy tadqiqot ishlari haqida ma'lumot almashish, yangi ilmiy uslublarni qo‘llash, ma'ruzalar o‘qish, qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish uchun yangi ilmiy aloqalar o‘rnatish, ilmiy tadbirlarda ishtirok etish, umumiy ilmiy va texnologik tadbirlarni, shu jumladan uchrashuvlar, konferensiyalar, simpoziumlar, kurslar, seminarlar va ko‘rgazmalar tashkil etish va ishtirok etish borasida birgalikda ish olib borishni ko‘zda tutadi.
Bundan tashqari, ilmiy-texnik tadqiqotlar natijalarini, o‘zaro ilmiy va texnologik hamkorlik natijalari va hujjatlarni almashish, tadqiqot va ishlab chiqarish obektlari hamda ilmiy asbob-uskunalardan birgalikda foydalanish, texnoparklarni texnologik uzatish va boshqarishni amalga oshirish borasida ham hamkorlikni rivojlantirishadi.
Ta'kidlash lozimki, Turkiya Respublikasi ham O‘zbekiston singari innovatsion tadqiqotlar borasidagi faoliyatini davlat iqtisodiyotini ko‘tarishga yunaltirilgan asosiy tamoyillardan biri sifatida qaraydi. Ilmiy tadqiqotlar uchun sarflangan moliya hajmi 2016 yilda YaIMga nisbatan 1,5 % ni tashkil kilgan.
Masalan, Turkiyada barpo qilingan texnoparklar nazariyotchilar bilan bir qatorda amaliyotchilar xam ijod qiladigan ilmiy markaz va ishlab chiqarish maydonchasi deb xisoblanadi. Ushbu texnoparklarda yaratilgan qulay ishlab chikarish sharoitlari, qonuniy baza, katta hajmli moliyani kiritish, ilmiy ishlanmalarni ishlab chiqarishda joriy qilishga katta imkoniyat yaratadi.
O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasidagi ilmiy-texnik va innovatsion sohalardagi xamkorlikni rivojlantirish uchun yangi texnologiyalar, ilm-fan va texnika yutuqlarini joriy etish, shu bilan birga ilmiy-texnologik almashishni faollashtirish, turli ilmiy tadqiqot institutlarida qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazilishi rejalashtirilmoqda.