Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jyeff Bezos kompaniyasi suborbital raketani muvaffaqiyatli uchirdi va qo‘ndirdi
Milliarder Jyeff Bezos tomonidan asos solingan Blue Origin kompaniyasi New Shephard suborbital raketani muvaffaqiyatli sinovdan o‘tkazdi. Bu haqda Space.com yozmoqda.
Bortida maneken astronavt bo‘lgan New Shephard 105 kilometrlik balandlikka chiqdi, raketaning butun parvozi 10 daqiqadan biroz ko‘proq davom etdi.
Raketa tezlashtiruvchisi parvozda ajralib chiqdi hamda uchirish joyiga vertikal ravishda qo‘ndi. Kapsula ham parashyutlar va tormoz raketalari yordamida muvaffaqiyatli qo‘nishni amalga oshirdi.
Ushbu parvoz New Shepard seriyasidagi raketalar uchun sakkizinchi va raketa hamda New Shepard 2.0 kapsulasi uchun ikkinchi bo‘ldi. Loyiha suborbital turistik parvozlarga mo‘ljallangan – kapsula ichida oltita yo‘lovchi o‘rindig‘i bor. Biroq, kompaniya bunday sayohat taxminan qanchaga tushishi mumkin ekanini hozircha ochiqlamayapti.
Mavzuga oid
10:35 / 22.06.2026
Ukraina Germaniya ishlab chiqarayotgan 600 ta raketaga buyurtma berdi
08:48 / 20.06.2026
Dunyo kosmodromlari xaritasi: kim eng ko‘p raketa uchirmoqda?
09:59 / 29.05.2026
Jyeff Bezosning Oyga uchadigan raketasi sinov parvozi oldidan portlab ketdi
08:55 / 23.05.2026