Jahon | 08:04 / 01.05.2018
2913
1 daqiqa o‘qiladi

Gruziyada jamoat joylarida chekish taqiqlab qo‘yildi

Foto: Getty Images

Gruziyada birinchi maydan qonunchilikka tuzatishlar kiritiladi, ular bar, restoran, mehmonxonalar va barcha jamoat joylarida chekishni taqiqlashni nazarda tutadi.

"Tuzatishlar birinchi maydan kuchga kiradi. Bir qadar noqulaylik tug‘dirish evaziga insonlar hayoti va sog‘lig‘ini saqlab qolamiz", - deya ma'lum qildi jurnalistlarga deputat Akakiy Zoidze.

Qonun loyihasiga ko‘ra, qonunni buzadigan oddiy fuqaro 40 dollarga yaqin miqdorda jarimaga tortiladi, xususiy obekt – 200 dollar va takroriysi uchun 400 dollarga.

Tuzatishlarga ko‘ra, chekish uyda, chekish uchun ko‘chada o‘rnatiladigan maxsus joylarda, kalyan-barlarda, penitentsiar muassasalarda, kazinoda ruxsat beriladi. Taqiq barcha turdagi inshootlar, maydonchalar, jamoat transporti, o‘quv muassasalari uchun joriy etildi. Shuningdek, 1 maydan boshlab mamlakatning barcha hududida tamaki mahsulotlari reklamasi taqiqlanadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid