Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston va Turkiya prezidentlari qadimiy obidalarni tomosha qildi
Prezident Shavkat Mirziyoyev va prezident Rajab Toyyib Erdo‘g‘an Ark qo‘rg‘oniga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Buxoro shahridagi ushbu qadimiy qal'a xalqimizning boy tarixi, madaniyati, etnografiyasi, xorijiy davlatlar bilan ijtimoiy-iqtisodiy aloqalaridan guvohlik beradi.
Ikki davlat rahbarlari Ark-viloyat o‘lkashunoslik muzeyi bilan tanishdi, bu yerdagi noyob osori-atiqalarni ko‘zdan kechirdi.
Kalon minorasi va masjidi XII va XVI asrlar oralig‘ida bunyod etilgan. Bu obidalar Mir Arab madrasasi bilan uyg‘unlashib, go‘zal ansambl hosil qilgan. Ularning me'moriy yechimi ajdodlarimiz madaniyati va san'atining yaqqol ifodasi sifatida bugun ham barchani hayratga solib kelmoqda.
Prezidentlar Mir Arab madrasasida faoliyat yuritayotgan islom o‘rta maxsus bilim yurti bilan tanishdi. Mamlakatdagi eng qadimiy va yirik jome' masjidlaridan biri bo‘lgan Masjidi Kalonni ham ziyorat qildi.
Oliy martabali mehmon Buxoro shahrining tarixiy qismida zardo‘zlik, zargarlik, gilamdo‘zlik, kashtachilik, kulolchilik mahsulotlari ko‘rgazmasi bilan tanishdi.
Sayilgoh ko‘chasi, Toqi zargaron majmuasida namoyish etilayotgan mahsulotlar, bozor va rastalar Buxoroning qadimiy hunarmandlik an'analarini aks ettirdi. Folklor jamoalarning chiqishlari kishiga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.
Tarixiy va me'moriy obidalar, xalqimizning milliy hunarmandligi turkiyalik mehmonlarda katta qiziqish uyg‘otdi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026