Sport | 17:20 / 01.05.2018
3818
2 daqiqa o‘qiladi

WADA Xalqaro boks assotsiatsiyasi maqomini qaytardi

Foto: Reuters

Butunjahon antidoping agentligi (WADA) Butunjahon antidoping kodeksi talablariga ko‘ra, Xalqaro boks assotsiatsiyasi (AIBA)ning maqomini qayta tan oldi. Bu haqda «Sovetskiy sort» nashri xabar tarqatdi.

2017 yilning dekabrida WADA AIBAni agar antidoping kodeksi bilan muvofiq ish olib bormasa, boks sport turini olimpiada o‘yinlaridan chiqarib tashlash bilan ogohlantirgandi.

«WADAning AIBAni butunjahon antidoping kodeksiga muvofiq ishlayotganini tan olib, uning maqomini qaytarish bu katta natija. Ayniqsa bunga juda qisqa vaqtda erishilgani yanada e'tiborga molik. Bu AIBAning oldingi rahbariyatidan meros bo‘lib qolgan muammolardan qutulib borayotgani va ishonch bilan oldinga intilayotganidan dalolat beradi», — degan AIBA ijrochi direktori Tom Virjyets.

Oldinroq, Virjyets AIBA Olimpiada o‘yinlaridan chiqib ketish xavfi ostida qolganini jiddiy qabul qilgani va bu borada tegishli ishlar olib borilayotganini ma'lum qilgandi.

Eslatib o‘tamiz, yanvar oyidan buyon AIBAni asli o‘zbekistonlik tadbirkor G‘ofur Rahimov boshqarib kelmoqda.

 

Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid