Yangi zelandiyalik milliarder Rossiya razvedkasi bilan aloqalarda gumonlanmoqda
Asli kelib chiqishi yangi zelandiyalik bo‘lgan milliarder Kristofer Chandler Rossiya razvedkasi bilan aloqalarda gumonlanmoqda. Bu haqda The Time xabar berdi.
Buyuk Britaniya vakillar palatasi o‘z yig‘ilishida Chandlerni Rossiya bilan aloqalar va pul yuvishda aybladi. Parlamentning Konservativ partiyadan deputati Bob Silining ma'lum qilishicha, Chandler Fransiya aksilrazvedkasi tomonidan «rus agenti» sifatida 2002 yildan beri kuzatib kelingan.
Chandler Yangi Zelandiyada tug‘ilgan, u Legatum Group investitsiya kompaniyasiga asos solgan. Uning tarkibiga Legatum Institute – Londondagi tahlil markazi kiradi. U Buyuk Britaniya vazirlar mahkamasi, deputatlar, iqtisodchilar bilan qalin aloqalarga ega. Britaniyada YeI tarkibidan chiqish masalasi bo‘yicha referendum o‘tkazilgach Chandlerga katta e'tibor qarata boshlashdi, sababi Legatum Institute mutaxassislari «breksit»ning ancha qattiq varianti g‘oyasini ilgari surdi.
Mavzuga oid
21:00 / 07.10.2024
Ramzon Qodirov migratsiya siyosatida «o‘rta asr yondashuvlaridan» voz kechishga chaqirdi
20:07 / 07.10.2024
Rossiyada sakkiz nafar general lavozimdan olindi - OAV
20:51 / 04.10.2024
Rossiya «Tolibon»ni terrorchilar ro‘yxatidan chiqarish bo‘yicha ishlarni yakunlamoqda - FXX rahbari
18:42 / 04.10.2024