Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Nursulton Nazarboyev Ostonadagi yangi masjidga tashrif buyurdi
Qozog‘iston prezidenti Nursulton Nazarboyev Ostonadagi yangi masjidga tashrif buyurdi. Bu haqda Oqo‘rdaga iqtibos keltirgan holda Tengrinews.kz xabar berdi.
Nazarboyev Ramazon oyi arafasida Ostonaning Sariarka tumanida qad rostlagan yangi masjidga tashrif buyurdi.
Nazarboyevga masjidning qurilishi va inshootni elektr energiya va issiqlik bilan ta'minlashda qo‘llanadigan muqobil energiya manbalari haqida batafsil ma'lumot berilgan.
Yangi masjid xayriya mablag‘lari hisobiga barpo etilgan. Masjid binosi an'anaviy naqshlar va bezak elementlari qo‘llangan holda postmodernizm uslubida bajarilgan. Asosiy bino murakkab, uchburchakli qiya tekisliklardan iborat yarimsfera shakliga ega bo‘lib, yuqorisida gumbaz o‘rnatilgan. Gumbazning diametri 26 metrni tashkil qiladi. Masjidning tashqi ko‘rinishi bir vaqtda ham gulni, ham olmosning qirralarini eslatadi.
Masjid bosh binosining shimoliy tomonida joylashgan minoraning balandligi 43,5 metrni tashkil qiladi va “qalam” ko‘rinishida bajarilgan.
Yangi masjid 750 kishiga mo‘ljallangan. Masjid maydoni 2248 kvadrat metrni tashkil qiladi.
Mavzuga oid
18:26 / 20.05.2026
3 qurbon va «nafrat jinoyati» - Kaliforniya Islom markazidagi otishma tafsilotlari
13:20 / 15.05.2026
Turkistonda O‘zbekiston qurgan muhtasham masjid ochiladi
19:52 / 21.04.2026
Shavkat Mirziyoyevning Qozog‘istonga amaliy tashrifi boshlandi
09:17 / 13.04.2026