Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev Namanganga keldi
Foto: Prezident matbuot xizmati
O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 may kuni Namangan viloyatiga tashrif buyurdi. Bu haqda davlat rahbari matbuot xizmati xabar qilmoqda.
Davlat rahbari 2017 yil iyulda viloyatga tashrifi chog‘ida viloyatdagi tuman va shaharlarda bunyodkorlik ishlarini amalga oshirish, yangi korxonalar tashkil etish, ish o‘rinlari yaratish, qishloq xo‘jaligini rivojlantirish, aholi turmush sharoitini yaxshilash yuzasidan vazifalarni belgilab bergan edi. Mazkur topshiriqlar izchil amalga oshirilishi natijasida sanoat va tadbirkorlik sub'yektlari tashkil etildi. Mahsulot ishlab chiqarish va eksport hajmi oshdi. Zamonaviy uy-joylar, infratuzilma obektlari bunyod etildi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev ushbu ishlarning sifati, islohotlarning borishi bilan tanishadi, viloyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha yangi loyihalarni belgilab beradi.
KUN.UZ axborot manbasi xabariga ko‘ra, bugun viloyatning Norin tumanida faollar ishtirokida yig‘ilish bo‘lib o‘tishi ham kutilyapti.
Mavzuga oid
11:10 / 16.01.2026
Namanganda tezkor tadbirlarda qariyb 21 kg “gashish” muomaladan olindi
08:27 / 25.12.2025
Namanganda ko‘mir ombori rahbari lavozimiga tayinlash uchun 40 ming talab qilgan shaxslar ushlandi
08:22 / 05.12.2025
Farg‘ona va Namanganda yer uchun pora olgan hokim yordamchilari ushlandi
14:29 / 02.12.2025