Jamiyat | 09:25 / 02.05.2018
4982
1 daqiqa o‘qiladi

Uy olib berishni va'da qilgan firibgarlar ushlandi – IIV

Foto: Pixabay

Buxoro shahrida jinoyat yuz berdi, deb xabar tarqatdi O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi.

Qayd etilishicha, 19 aprel kuni I.K. shahar IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda 2012 yil aprel-may oylarida Chorbakov ko‘chasida yashovchi Sh.N. va Hamza ko‘chasida yashovchi, muqaddam sudlangan, A.N. unga O.Eshonov ko‘chasida joylashgan 2 xonali uyni nomiga rasmiylashtirib berishni va'da qilgan.

Ular ushbu shaxsdan 18 ming 200 AQSh dollari pullarini firibgarlik yo‘li bilan olib, bergan va'dalarini bajarmasdan, pullarni o‘z ehtiyojlari yo‘lida ishlatib yuborganliklari ma'lum bo‘lgan. 

Sh.N. va A.N. ushlangan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid