Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
O‘zbekiston bosh prokurori Turkiya adliya vaziri bilan nimalarni muhokama qildi?
Turkiya Respublikasi prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an boshchiligidagi delegatsiyaning O‘zbekiston Respublikasiga tashrifi doirasida 2018 yil 30 aprel kuni Turkiya Respublikasi adliya vaziri A.Gul O‘zbekiston Respublikasi bosh prokurori O.Murodov tomonidan qabul qilindi.
Mehmonga Shavkat Mirziyoyevning bevosita rahbarligi ostida amalga oshirilayotgan sud-huquq tizimini isloh qilish, jinoyat qonunchiligini liberallashtirish, huquqni muhofaza qiluvchi organlar faoliyatini takomillashtirishga qaratilgan choralar haqida ma'lumot berildi.
Shuningdek, Turkiya Respublikasi adliya vaziri A.Gul Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti, Majburiy ijro byurosi va Axborot-tahlil multimedia markazi, shuningdek, Bosh prokuraturaning Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish va axborot xavfsizligini ta'minlash boshqarmasi, Qonuniylik va huquq-tartibotni ta'minlash muammolarini tahlil qilish boshqarmasi hamda Oliy o‘quv kurslari faoliyati bilan tanishtirildi.
Tomonlar ikki davlat vakolatli organlarining huquqni qo‘llash amaliyotini takomillashtirish va faoliyatga axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish borasidagi ish tajribasi bilan almashdilar.
Turkiya delegatsiyasi tashrifi doirasida 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi va Turkiya Respublikasi o‘rtasida ekstraditsiya haqidagi bitim, shuningdek Bosh prokuratura huzuridagi Departament va Turkiya Respublikasi Moliya vazirligining Moliyaviy jinoyatlar tekshiruvi Kengashi (MASAK) o‘rtasida o‘zaro anglashuv Memorandumi imzolandi.
Mavzuga oid
17:32 / 19.06.2026
Turkiyada o‘ldirilgan o‘zbek ayollari: fojia qayerda boshlanyapti?
18:17 / 15.06.2026
Turkiyaning zilziladan jabrlangan Hatay viloyatida O‘zbekiston mahallasi ochildi
15:55 / 13.06.2026
Turkiyada 3 kunda 4 nafar o‘zbekistonlik vafot etdi
20:23 / 12.06.2026