Lavrov: Ukraina aslida o‘z mustaqilligini yo‘qotib bo‘lgan
Ukraina AQSh boshchiligidagi qator G‘arb davlatlari tomonidan qo‘zg‘atilgan ichki inqiroz sabab o‘z mustaqilligi va milliy iqtisodiyotini deyarli yo‘qotib bo‘ldi. RF TIV rahbari Sergey Lavrov Italiyaning Panorma jurnaliga bergan intervyusida shu haqida ma'lum qildi.
"Kiyev ko‘p yillar davomida hamkorlikni Sharqda yoki G‘arbda rivojlantirish o‘rtasida - "biz bilan yoki bizga qarshi" soxta tanlovni amalga oshirishga urindi. Bu oxir-oqibat hech qachon mustahkamligi bilan ajralib turmagan Ukraina davlati kollapsiga olib keldi. Bugunga kelib esa natija - mustaqillikni yo‘qotish, odamlarning azoblanishi, mamlakat xalq xo‘jaligining qulashi, holbuki Ukraina xalq xo‘jaligi Yevropadagi eng barqaror va iqtisodiy jihatdan mustahkam xo‘jaliklardan biriga aylanish uchun barcha imkoniyatlarga ega edi", - deydi u.
Rossiya vaziri Ukrainada ichki siyosiy inqirozda butun dunyoni o‘z ta'sir doirasi sohasi hisoblovchi, xalqlarni "o‘ziniki" va "begona"ga ajratuvchi AQSh boshchiligidagi G‘arb davlatlari guruhi aybdor ekanini ta'kidladi.
Lavrov shuningdek Ukrainaning o‘sha davrdagi prezidenti Viktor Yanukovichni namoyishchilarga qarshi armiyani ishga solmaslikka chaqirgan, davlat to‘ntaruvidan keyin esa hukumatni noqonuniy egallab olgan isyonchilarni ularni qo‘llab-quvvatlamagan mintaqalarga nisbatan kuch ishlatishga chorlagan NATO bloki liniyasining keskin o‘zgarishiga e'tibor qaratdi.
"Bu syujyetda G‘arb liniyasida Ukraina manfaatini o‘ylovchi hech narsa yo‘q, barchasi - Rossiyaga qarshi harakatlar", - deydi Lavrov.
Mavzuga oid
23:49 / 10.10.2024
«Biz bu haqida gaplashmadik». Zelenskiy ittifoqchilar bilan o‘t ochishni to‘xtatishni muhokama qilganini rad etdi
22:10 / 10.10.2024
Rus qo‘shinlari Donbassda ilgarilamoqda. Tahlilchilar nima deydi?
13:30 / 10.10.2024
Janubi-Sharqiy Yevropa davlatlari - Zelenskiyning «tinchlik formulasi» tarafdori
13:20 / 10.10.2024