Jahon | 10:40 / 03.05.2018
4222
2 daqiqa o‘qiladi

Nobel mukofotini topshiruvchi akademiya nizomi o‘zgartirildi

Foto: Naked-science.ru

Shvetsiya qiroli Karl XVI Gustav Nobel mukofotini topshiruvchi Shvetsiya akademiyasi bilan uning nizomini o‘zgartirish bo‘yicha maslahatlashuv o‘tkazdi. Nizom akademiyani o‘z istagi bilan tark etish mumkin bo‘ladigan qilib o‘zgartirilishi rejalashtirilgandi. Natijada nizomga tegishli o‘zgartirishlar kiritildi.  

“Nizom akademiya a'zosi uni o‘z istagiga ko‘ra tark etadigan qilib o‘zgartirildi. Akademiya shuningdek uning ishida 2 yil davomida ishtirok etmagan a'zoni iste'foga ketgan deb hisoblash haqida qaror chiqarish imkoniga ega bo‘ldi”, deb aytilgan xabarda. 

Shvetsiya akademiyasi 1786 yilda qirol Gustav III tomonidan shved tili va adabiyotini qo‘llab-quvvatlash va rivojlantirish uchun tashkil etilgan. Uning tarkibiga 18 a'zo kiradi.

Akademiya qoidalariga ko‘ra, unga yangi a'zolarni qabul qilish uchun 12 kishidan iborat kvorum talab etiladi. Biroq ayni vaqtda akademiyadagi bir qator mojarolardan keyin unda 11 a'zo qolgan. Nobel sovrindorining bunday kam sondagi ovoz bilan tanlanishi esa bahs keltirib chiqarishi mumkin.

 

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid