Jamiyat | 12:50 / 04.05.2018
5375
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda Adabiyot yo‘nalishida Nobel topshirilmaydi

Nobel qo‘mitasi ma'lum qildiki, 2018 yilda adabiyot yo‘nalishida mukofot topshirilmaydi. Bu Shvetsiya akademiyasida nomzodlarni saralash jarayonida kelib chiqqan mojaro bilan bog‘liq.

Avvaliga Shvetsiya akademiyasi shunday qaror qabul qilgan, keyin bu qaror Nobel qo‘mitasi tomonidan ma'qullangan.

Ta'kidlanishicha, bu qaror «butun dunyoda Akademiyaga ishonchsizlik ortishi fonida qabul qilindi».

Reuters agentligi xabarida qayd etilishicha, bunday holat 1943 yildan buyon ilk bor kuzatilmoqda. O‘shanda Ikkinchi jahon urushi tufayli mukofotlar topshirilmagandi.

Shu bilan birga qayd etilishicha, 2019 yildan mukofot topshirilishi davom etadi.

Mojaro markazida Shvetsiya akademiyasi xodimlaridan biri bo‘lgan ayolning turmush o‘rtog‘i — fransiyalik fotograf Jan-Klod Arno turibdi. The New York Times ma'lumotiga ko‘ra uni nomzodlar haqidagi ma'lumotlar sizib chiqishi hamda ayollarga shilqimlik qilishda ayblashmoqda.

Азиз Қаршиев
Tayyorlagan Азиз Қаршиев
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid