Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Farg‘ona viloyatida bosqinchilar qo‘lga olindi
Illyustrativ foto/ Sputnik
Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida 2018 yil 28 aprel kuni uch noma'lum shaxs yuzlariga niqob kiygan holda, xususiy tadbirkor, D.E.ning uyiga devordan oshib kirib, uni va turmush o‘rtog‘i N.Sh.larni qo‘l-oyoqlarini skotch bilan bog‘lab, D.E.ning o‘ng qo‘l va ko‘krak qismini o‘tkir tig‘li jism bilan tilib, jarohat yetkazishgan. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi IIV Jamoatchilik va ommaviy axborot vositalari bilan aloqalar boshqarmasi xabar bermoqda.
Ushbu shaxslar N.Sh.ning bo‘ynidan zanjirini yechib va tumbochkasidan bir juft ziraklarini hamda hovlida turgan “Malibu” rusumli avtomashina yukxonasidan pullarni olib voqea joyidan yashiringanlar.
Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu jinoyatni Uchko‘prik tumanida yashovchi, muqaddam sudlangan A.X. va Qo‘qon shahrida yashovchi D.Sh. hamda Beshariq tumanida yashovchi J.P.lar sodir etganliklari aniqlanib qo‘lga olinganlar.
Mavzuga oid
22:32 / 23.12.2025
“Kun.uz’da chiqqan video sabab orzumga erishdim” – Harvard grantini yutgan qiz
19:42 / 21.12.2025
Farg‘onada jamoat tartibini buzgan ayollar ma’muriy javobgarlikka tortildi
11:00 / 11.12.2025
Inson organlari savdosi bilan shug‘ullangan uyushgan jinoiy guruhga hukm o‘qildi
08:22 / 05.12.2025