Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shveytsariya kompaniyasi Toshkentda ming kishilik konsert zali va mehmonxona quradi
4 may kuni Toshkentdagi “Ma'rifat” saroyida Toshkent shahar hokimi Shveytsariyaning “Mabetex Group” kompaniyasi prezidenti Afrim Pokolli bilan uchrashdi. Uchrashuv chog‘ida ikki tomonlama hamkorlik, arxitektura va qurilish ishlari yuzasidan fikr almashishdi. Hokimlik matbuot xizmati shu haqida xabar berdi.
Tomonlar o‘zaro muloqot chog‘ida Toshkent shahrida bunyod etilayotgan va kelgusida rejalashtirilayotgan yangi loyihalar to‘g‘risida so‘z yuritishdi. Xususan, Afrim Pokolli Toshkent shahar hokimining taklifini ma'qullab, bir yarim oy muddatda ming nafar tomoshabinga mo‘ljallangan ko‘p funksiyali konsert zali hamda besh yulduzlik mehmonxona loyihasini tashqi va ichki ko‘rinishi mujassam bo‘lgan taqdimotini o‘tkazishga va'da berdi.
Ma'lumki Shveytsariyaning “Mabetex Group” kompaniyasi 1990 yilda tashkil topgan bo‘lib, hozirgacha dunyoning 16 rivojlangan mamlakatida o‘z loyihalari bilan ishtirok etib kelmoqda. Kompaniyaning asosiy ish tartibida katta–katta inshootlarni qurish va rekonstruksiya qilish, arxitektura qo‘llanmalarini joriy qilish va ular ustida ishlash ko‘zda tutilgan. Olmaota shahridagi Ostona opera teatri ham “Mabetex Group” kompaniyasi loyihalari asosida qurilgan.
Mavzuga oid
16:40 / 12.06.2026
Mundial tanishtiruvi. B guruhi haqida nimalarni bilish kerak?
20:06 / 10.06.2026
Prezident huzurida Islom sivilizatsiyasi markazining faoliyati va rejalari ko‘rib chiqildi
16:55 / 09.06.2026
Biznes-ombudsman Toshkentdagi reklamalarni buzishda qonuniy yo‘l tutishga chaqirdi
10:25 / 09.06.2026