Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQShdagi ishsizlik 2000 yildagi ko‘rsatkichgacha tushdi
Foto: Depositphotos
Joriy yil aprel oyi yakuniga ko‘ra, AQSh 164 ming yangi ishchi o‘rni yaratildi, shuningdek ishsizlik ko‘rsatkichi 3,9 foizgacha pasaygan. Bu esa mamlakat tarixida oxirgi 18 yil davomida qayd etilgan eng yaxshi raqam.
AQSh Mehnat statistika byurosi tarqatgan ma'lumotga ko‘ra, xizmatchilarga maosh to‘lash o‘tgan yilning mos davri bilan taqqoslaganda 2,6 foizga oshgan.
Ma'lumot uchun, so‘nggi to‘rt yil davomida AQShdagi ishsizlik sur'ati 4,1 foizdan past hisoblanmagan. Agar islohotlar shunday davom etsa, mamlakat tarixida 1969 yildan buyon ilk marta mazkur raqamlar 3,7 foizdan pastlashi nazarda tutiladi.
Mavzuga oid
13:18
Germaniya: Moskva murosaga tayyor bo‘lmasa, natija bo‘lmaydi
13:16
Chakana va ulgurji savdoda o‘sish tendensiyasi davom etmoqda
13:07
Kaliforniya gubernatori Yevropa siyosatchilarini Trampga nisbatan dadil pozitsiya egallashga chaqirdi
09:42