Jahon | 12:14 / 05.05.2018
6782
1 daqiqa o‘qiladi

Britaniyada «eng qidiriluvchi» kishi Barselonada hibsga olindi

Barselona politsiyasi Britaniyada «eng qidiriluvchi» inson deb ataluvchi 41 yoshli Jyeymi Akurni qo‘lga oldi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bergan.

Foto: NCA

Amaliyotga Buyuk Britaniya Milliy kriminal agentligi, London politsiyasi va Ispaniya Milliy politsiyasi xodimlari tomonidan tayyorgarlik ko‘rildi. Huquqni muhofaza qilish organlarining qurollangan xodimlari erkakni Barselonadagi trenajyer zali yonida juma, 4 may kuni qo‘lga olishdi, so‘ng uni qamoqqa joylashtirishdi.

Akur giyohvand moddalarni juda katta ko‘lamda yetkazib berishni tashkil etishda gumonlanmoqda. Erkakka nisbatan surishtiruv ishlari 2016 yilda boshlandi.

Ayni damda Akur Madriddagi qamoqxonada kelasi hafta o‘tkaziladigan sud majlisini kutmoqda. Unda uni ekstraditsiya qilish masalasi ko‘rib chiqiladi.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid