O‘zbekiston | 14:06 / 05.05.2018
2320
1 daqiqa o‘qiladi

Bryusselda O‘zbekiston - Belgiya siyosiy maslahatlashuvlari bo‘lib o‘tadi

2018 yilning 9 may kuni Bryussel shahrida O‘zbekiston-Belgiya Tashqi ishlar vazirliklari o‘rtasidagi siyosiy maslahatlashuvlarning navbatdagi raundi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda TIV axborot xizmati xabar bermoqda.

Belgiyaga tashrif chog‘ida O‘zbekiston tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Abdujabar Abduvaxitov boshchiligidagi delegatsiya «Markaziy Osiyo va Yevropa Ittifoqi O‘zbekiston xalqaro tashabbuslari nuqtai nazaridan» mavzusidagi seminarda ham ishtirok etadi.

Shuningdek, O‘zbekistonning savdo-iqtisodiy, sarmoyaviy va sayyohlik salohiyati taqdimoti o‘tkaziladi. Yetakchi iqtisodiy tuzilmalar bilan uchrashuv hamda muzokaralar o‘tkazish rejalashtirilgan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid