Sport | 14:39 / 05.05.2018
19265
2 daqiqa o‘qiladi

Ukrainada JCh-2018 translyatsiyasi o‘lim bilan tenglashtirildi

Foto: Sergey Ilnitskiy / EPA

Ukraina Milliy telekompaniyasi direktori Zurab Alasaniyaning ma'lum qilishicha, tashkilot uchun futbol bo‘yicha jahon chempionati translyatsiyasi o‘limga teng. Alasaniyaning so‘zlari Sportarena tomonidan keltirilgan.

«Hozircha jahon chempionatini efirga uzatish bo‘yicha rad javobini rasmiy tarzda bermadik, biroq butun mamlakat tushunib turibdiki, umumiy TV uchun bu chempionatni ko‘rsatish – bu o‘lim», - deya aytib o‘tdi Alasaniya.

Shuningdek, Alasaniya Ukrainadan bo‘lgan ishqibozlarning jahon chempionatini tomosha qilish imkoniyatiga baho berdi.

«Ukrainaning boshqa kanalida jahon chempionatini tomosha qilish ehtimoli qanchalik yuqori? Men taxminan 70 foiz, deb aytgan bo‘lardim.

Hozir gap Ukraina milliy kanallaridan biridagi translyatsiyalar istiqboli haqida ketyapti. Albatta, biz bunda pul ishlab olish niyatida emasmiz. Biroq nolga chiqishni juda xohlaymiz, sababi davlat bunga ancha ko‘p pul sarfladi.

Shu bilan birga, biz Yevropa efirga uzatish ittifoqiga qarz bo‘lib qolamiz, u esa – FIFAga. Bu juda chigal masalaga aylanib ketgan», - deya qo‘shimcha qilib o‘tdi telekompaniya direktori.

Eslatib o‘tamiz, futbol bo‘yicha jahon chempionati Rossiyaning 11 shahrida 14 iyundan 15 iyulga qadar bo‘lib o‘tadi.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid