00:37 / 05.05.2018
51525

O‘zbekistonda yer silkinishi qayd etildi

4 may kuni soat 22:13da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi Matbuot xizmati xabar bermoqda.

FVV Seysmoprognostik monitoring Respublika markazining ma'lumotiga ko‘ra 2018 yil 4 may kuni Toshkent vaqti bilan soat 22:13da O‘zbekiston Respublikasi hududida yer silkinishi qayd etildi. Zilzila markazi Toshkent shahridan 143 km uzoqlikda g‘arbiy yo‘nalishda Tojikiston Respublikasi hududida qayd etilgan.

Xabarda aytilishicha, zilzila magnitudasi markazda 4,3 tashkil etdi. Zilzila kuchi Gulistonda 3 ballni tashkil etgan.

Vazirlik O‘zbekistonning boshqa hududlarida yer silkinishi qayd etilmaganini tasdiqlamoqda. Shuningdek, talofatlar va jabrlanganlar to‘g‘risida ma'lumot kelib tushmagan.

Top