Sport | 20:20 / 05.05.2018
14971
2 daqiqa o‘qiladi

Zidan «Barselona» uchun nega chempionlik yo‘lagi qilinmasligini tushuntirdi

Foto: Squawka

«Real» bosh murabbiyi Zinedin Zidan La Liga navbatdagi turidan o‘rin olgan «Barselona»ga qarshi o‘yindan oldin, kataloniyaliklar uchun chempionlik yo‘lagi tashkil qilinmasligini aytdi.

«Buni men hal qilmayman. Ammo, klublar o‘rtasidagi jahon chempionatidan so‘ng, tushunishimcha, chempionlik yo‘lagi masalasi «Barselona»ni unchalik bezovta qilmagan edi.

Kimdir ularning bu musobaqada ishtirok etmaganini bahona qildi, biroq, bu yolg‘on. Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatiga chiqish uchun Chempionlar Ligasida g‘alaba qozonish kerak, biz hammamiz bu turnirda ishtirok etamiz.

Chempionlik yo‘lagi masalasini men hal qilmayman. Ammo, raqib ham bu ishni qilmagan. Hurmat saqlagan holda aytaman, biz uni tashkil qilmaymiz, chunki «Barselona» ham bu ishni qilmadi.

Eng asosiysi - biz «Barselona» yutug‘ini hurmat qilamiz, chempionatdagi g‘alaba - eng muhim va qiyin natija. Bunday bo‘lgani meni aybim.

Agar «Barselona» biz uchun chempionlik yo‘lagini qilganida, biz ham uni tashkil qilardik», – dedi Zidan.

Сардор Юсупов
Tayyorlagan Сардор Юсупов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid