Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kelinchak ketayotgan vertolyot falokatga uchradi
Braziliyaning San-Paulu shtatida kelinni o‘z to‘yiga olib ketayotgan vertolyot yerga qulab, yonib ketdi. Bu haqda Globo kanali xabar bermoqda.
Baxtli tasodif, kelinga hech narsa qilmagan, biroq unga hamrohlik qilgan 3 kishi jarohat olgan. Voqeaga qaramay, to‘y bekor qilinmagan, kelin bo‘lajak turmush o‘rtog‘i yoniga yer transportida eltib qo‘yilgan.
Guvohlardan birining aytishicha, vertolyot qo‘nishidan biroz oldin havoda aylanib ketib, yerga qulagan. Kelin va uchuvchi vertolyotdan chiqib, nariroqqa qochishga muvaffaq bo‘lishgan. Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar vertolyotda qolgan 3 kishini chiqarib olishgach, vertolyot yonib ketgan.
Mavzuga oid
09:45 / 17.06.2026
Braziliya sobiq prezidentining o‘g‘li qamoq jazosiga hukm qilindi
20:23 / 15.06.2026
Braziliyadagi attraksionda ayol 40 metr balandlikdan xavfsizlik arqonisiz otib yuborildi
08:49 / 15.06.2026
Braziliyada ikki vertolyot to‘qnashdi: mashhur xonanda Oliver Tri halok bo‘ldi
23:05 / 14.06.2026