Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ruhoniy: "Eron Trampning yadroviy bitim bo‘yicha har qanday qaroriga tayyor"
Eron prezidenti Hasan Ruhoniy mamlakat hukumati AQSh davlat rahbari Donald Trampning Eron yadroviy dasturiga doir kelishuvi bo‘yicha har qanday qaroriga tayyor ekanini ma'lum qildi.
"Kelgusi hafta bizning hayotimizga hech qanday o‘zgarishlarni olib kelmaydi. Tramp qanday qaror qabul qilishidan qat'i nazar, bizning o‘z rejalarimiz bor va biz bunga qarshilik qilamiz", - dedi Ruhoniy Sebzevar shahri aholisi oldida chiqish qilar ekan. Press TV telekanali uning ushbu bayonoti bilan bo‘lishdi.
Eron prezidenti "Agar AQSh UHHR (Umumqamrovli hamkorlikdagi harakatlar rejasi)dan chiqadigan bo‘lsa, tez orada bundan afsuslanishini" ta'kidladi.
Eron va xalqaro vositachilar oltiligi (Rossiya, AQSh, Buyuk Britaniya, Xitoy, Fransiya, Germaniya) 2015 yilning 14 iyulida Eron atom dasturini tartibga keltirishga doir tarixiy kelishuvga erishishgan edi: umumqamrovli hamkorlikdagi harakatlar rejasi ishlab chiqilgan, ularni bajarish esa Eronni BMT XK, AQSh va Yevroittifoq tomonidan kiritilgan iqtisodiy va moliyaviy sanksiyalardan xalos qiladi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya bilan muhokamalar yakuniga ko‘ra 12 maydan kechiktirmay Amerikaning UHHRda qolishi yo qolmasligi haqida e'lon qiladi.
Mavzuga oid
09:40 / 24.06.2026
AQSh Senati Eronga qarshi urushni tugatish tarafdori
09:10 / 24.06.2026
AQSh Kubaga nisbatan sanksion bosimni kuchaytirmoqda
22:21 / 23.06.2026
Tramp Eronning muzlatilgan mablag‘lari faqat oziq-ovqat va dori-darmonga sarflanishini aytdi
09:45 / 23.06.2026