Jahon | 10:48 / 06.05.2018
18008
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Erondagi hokimiyatni o‘zgartirmoqchiligi ma'lum qilindi

Rudolf Julian va Donald Tramp/Foto: AP

AQSh prezidenti Donald Trampning advokati, Nyu-Yorkning sobiq prezidenti Rudolf Julianining aytishicha, Tramp Erondagi hokimiyatni o‘zgartirmoqchi. U bu haqda Eronda demokratiyani ilgari surishni qo‘llab-quvvatlovchi tashkilot qurultoyida aytib o‘tgan.

“Tramp qurultoyda yig‘ilganlar kabi Erondagi tuzumni o‘zgartirishni istaydi”, deb aytgan Juliani.

Uning fikricha, Eronda hokimiyatning o‘zgartirilishi “Yaqin Sharqda tinchlikka erishishning yagona yo‘li” hisoblanadi. “Bu Falastin-Isroil ixtilofini hal qilishdan ham muhimroq”, deb qo‘shimcha qilgan Juliani.

Tramp yanvarda Eronda o‘tgan ommaviy noroziliklarga izoh berib, AQSh “vaqti kelganda” Eron xalqiga yordamga kelishini aytgandi.

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов

Mavzuga oid