Jahon | 19:05 / 07.05.2018
13852
1 daqiqa o‘qiladi

«Ikkiyuzlamachilik». Erdo‘g‘an BMTni isloh qilishga chaqirdi

Foto: aa.com

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an BMTni isloh etish zarurligini haqida ma'lum qildi. Uning so‘zlari Anadolu agentligi tomonidan keltirilgan.

«Xalqaro hajamiyatning munofiqligi va tinchlik hamda xavfsizlikni ta'minlash vazifasi bo‘lgan xalqaro tashkilotlarning ikkiyuzlamachiligi shunday ko‘lamga yetdiki, endi xolis emaslikni yashirish imkonsiz bo‘lib qoldi. Anqara aynan shuning uchun BMTni isloh qilishga chaqiradi», - dedi Erdo‘g‘an.

Shuningdek, uning ta'kidlashicha, Xavfsizlik kengashining doimiy a'zolari bo‘lgan beshta davlat manfaati asosida shakllantirilgan xalqaro tizimning kelajagi yo‘q. Uning so‘zlariga ko‘ra, islohotlar baribir zarur.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya muxolifati prezidentlik saylovlariga nomzod bo‘yicha bir qarorga kelgandi.

 

Mavzuga oid