Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Misrda 1952 yilgi inqilobning yetakchilaridan biri vafot etdi
Foto: REUTERS/Aladin Abdel Naby
Misrda 1952 yilda Iyul inqilobini sodir etgan Misr inqilobiy qo‘mondonligi kengashining hayot bo‘lgan oxirgi a'zosi Xolid Muhiddin 6 may kuni 95 yoshida vafot etdi.
Siyosatchi Qohiradagi harbiy gospitalda hayotdan ko‘z yumgan.
Muhiddin Jamol Abdul Nasr tomonidan boshqarilgan “Ozod zobitlar” maxfiy tashkilotining yetakchilaridan biri bo‘lgan. Bu tashkilot a'zolari 1952 yilda Misrda monarxiyaning bartaraf etilishiga olib kelgan to‘ntaruvni amalga oshirishgan.
Muhiddin kommunistlarga yaqin bo‘lgani va ularga xos g‘oyalarni qo‘llab-quvvatlagani uchun safdoshlari orasida “qizil mayor” taxallusini olgan edi.
Muhiddin Milliy taraqqiyot partiyasining asoschisi va ko‘p yillik yetakchisi hisoblangan.
“Qizil mayor” 7 may kuni harbiy ehtirom bilan dafn etiladi.
Mavzuga oid
22:30 / 16.04.2026
Saudiya, BAA, Misr. Eron urushiga uch xil yondashuv
10:43 / 19.03.2026
Misrning yuzga yaqin dori vositasi O‘zbekistonda mahalliylashtiriladi
11:40 / 06.03.2026
O‘zbekiston va Misr gepatit C uchun dori vositalari ishlab chiqaradi
10:21 / 26.02.2026