Jahon | 17:27 / 07.05.2018
8214
2 daqiqa o‘qiladi

NASA: Rossiyaga qarshi sanksiyalar XKSga yuklarni yetkazishda xalaqit beradi

Foto: pixabay

AQSh Rossiyaga qarshi sanksiyalar tufayli XKSga yuklarni tijoriy yetkazib berish sohasida qiyinchilikka duch kelishi mumkin. Bu haqda NASA bosh inspektori boshqarmasining hisobotida aytilgan.

Ta'kidlanishicha, ayni damda Orbital AT kompaniyasi yuklarni yetkazib berish bilan shug‘ullanmoqda, u Antares 230 raketa-tashuvchilaridan foydalanadi. Ularning birinchi pog‘onasi tarkibida Rossiyada ishlab chiqarilgan RD-181 raketa dvigatellari qo‘llaniladi.

«Orbital ATK kompaniyasi NASA dasturi ikkinchi bosqichi doirasida Antares 230 raketa-tashuvchilaridan foydalanish imkoniyatidan mahrum bo‘lishi mumkin», - deyiladi hisobotda.

Ma'lumotlarga ko‘ra, ayni damda sanksiyalar Orbital ATK’ning XKSga yuklarni yetkazish bo‘yicha kelishuvlarini qamrab olmaydi, biroq bu borada faqat 2020 yilgacha istisno qilingan. Sierra Nevada va SpaceX kompaniyalari ushbu muammoni hal qilishga urinmoqda, ammo ma'lum qiyinchiliklarga duch kelgan.

«Xususan, Sierra Nevada Dream Chaser kemalarini ishlab chiqishda texnik qiyinchiliklarga ega. SpaceX kompaniyasining Dragon 2 kemasi yuk versiyasini sertifikatlash esa kompaniya tomonidan CRS-2 doirasida kosmik missiyalarni bajarish uchun xatarlarga ega, sababi u sinovlardan o‘tkazilmagan», - deyiladi hisobotda.

 

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid