Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatildi
22 yoshli avstraliyalik Rubik kubigini yig‘ish bo‘yicha yangi rekord o‘rnatdi, Feliks Zemdegs bu vazifani 4,22 soniyada uddaladi. Cnet nashri shu haqida xabar berdi.
Yangi rekord Melburndagi xalqaro musobaqalarda qayd etildi. Rekord muallifi Feliks Zemdegs bundan avval ham eng tezkor "yig‘uvchi" deya e'tirof etilgan - 2016 yilda u 4,73 soniyada Rubik kubigini yig‘ishga muvaffaq bo‘lgandi. Biroq keyinroq bu rekord kubikni 4,69 soniyada yig‘ishning uddasidan chiqqan amerikalik Patrik Pons tomonidan yangilangan.
Shu bilan birga, Zemdegs 2015 yilda Rubik kubigini bir qo‘lda yig‘ish bo‘yicha ham rekord o‘rnatgan, u bu ishni 6,88 soniyada uddalagan. 2017 yilda esa Rubik kubigining murakkablashtirilgan versiyasi (7x7x7 kvadrat)ni yig‘ish bo‘yicha rekord o‘rnatdi - 2 daqiqa va 6,73 soniya. 2013 yilda Las-Vegasda Zemdegs dunyoning eng zo‘r Rubik kubigi yig‘uvchisi deya tan olingan.
Mavzuga oid
23:48 / 27.04.2026
London marafonidagi rekord Adidas aksiyalari narxini oshirdi
12:47 / 25.04.2026
Uoll-stritda rekord daromad qayd etildi
10:58 / 25.04.2026
Namangan bir oy davomida eng ko‘p gul ekish bo‘yicha rekord o‘rnatmoqchi
18:02 / 12.03.2026