01:06 / 08.05.2018
9207

Yana bir davlat o‘z elchixonasini Al-Qudsga ko‘chirishga qaror qildi 

Foto: Ariel Schalit/AP

Isroil tashqi ishlar vazirligi vakili Paragvay Isroildagi elchixonasini Gertsliya shahridan Al-Qudsga ko‘chirishini aytdi.

“Paragvay prezidenti Orasio Kartes may oyi oxirida Al-Qudsdagi elchixonani ochish uchun Isroilga kelishni rejalashtirmoqda”, deb aytilgan vazirlik xabarida.   

Paragvay hukumati vakili Kartes Isroilga 21 yoki 22 may kuni tashrif buyurmoqchiligini ma'lum qilgan.

Falastin Paragvayning bu rejasini keskin qoralagan. “Bu qaror xalqaro huquqqa zid va Isroilning okkupatsiyasini qo‘llab-quvvatlaydi”, deb aytilgan Falastinni ozod qilish tashkilotida.

Avvalroq AQSh va Gvatemala o‘z elchixonalarini Al-Qudsga ko‘chirishlari ma'lum qilingandi. AQSh Al-Qudsdagi elchixonasini 14 mayda ochmoqchi.      

Mavzuga oid
Top