Toşkentda ötayotgan oliy darajadagi Özbekiston–Paragvay muzokaralari doirasida Köksaroy qarorgohida Özbekiston Respublikasining birinçi xonimi Ziroat Mirziyoyeva Paragvay Respublikasining birinçi xonimi Letisiya Okampos bilan uçraşuv ötkazdi.
Oçiq va samimiy ruhda keçgan muloqot çoğida davlat rahbarlarining rafiqalari mamlakatlar örtasida döstlik va özaro anglaşuvni mustahkamlaş, madaniy va gumanitar hamkorlikni kengaytirişga doir masalalarni muhokama qildi.
Oliy martabali mehmonga özbek amaliy san’ati ustalarining ijod namunalari, xalqimizning milliy an’ana va urf-odatlari namoyiş etildi.






















