Asunsyon şahriga amalga oşirilgan taşrif doirasida Özbekiston investitsiyalar, sanoat va savdo vaziri Laziz Qudratov Paragvay prezidenti Santyago Penya tomonidan qabul qilindi.
Muzokaralar çoğida tomonlar bozorlarni bosqiçma-bosqiç oçiş, şuningdek, özaro savdo imkoniyatlarini kengaytiriş böyiça muhim kelişuvlarga erişgani qayd etildi.
Uçraşuv ötgan yil dekabr oyida Özbekiston prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Paragvay prezidenti Santyago Penya örtasida savdo, investitsiya, energetika hamda oziq-ovqat xavfsizligi sohalarida hamkorlikni mustahkamlaş böyiça erişilgan kelişuvlarning mantiqiy davomi böldi.
Şuningdek, tomonlar foydali qazilmalarni qidiriş va qazib olişda zamonaviy texnologiyalar hamda investitsiyalarni jalb etiş, qöşma loyihalarni yölga qöyiş masalalarini ham muhokama qildi.

















