Prezident Şavkat Mirziyoyev 11 dekabr kuni Toşkentda Paragvay prezidenti Santyago Penya bilan muzokara ötkazdi.
Özbekiston bilan Paragvay örtasidagi amaliy hamkorlikni yanada mustahkamlaş istiqbollari muhokama qilindi. Mazkur sammit ikki mamlakat örtasidagi döstona munosabatlarni rivojlantirişda yangi davrni boşlab berişi ta’kidlandi.
Muzokaralarda ikki tomonlama hamkorlikni, jumladan, savdo-iqtisodiyot, madaniy-gumanitar, ta’lim va boşqa sohalarda kengaytirişning ustuvor yönalişlari muhokama qilindi.

Özaro savdoni köpaytiriş, işbilarmonlik aloqalarini rivojlantiriş, qişloq xöjaligi, oziq-ovqat va kimyo sanoati, raqamlaştiriş, turizm hamda sport sohalarida qöşma loyihalarni amalga oşirişga alohida e’tibor qaratildi.
Xalqaro va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almaşildi.
Uçraşuv yakunida tomonlar siyosiy muloqotni yanada rivojlantiriş va özaro manfaatli sohalarda amaliy hamkorlikni çuqurlaştirişga tayyorligini tasdiqladilar.

















