BMT: Afg‘onistondagi diniy marosimda 30 nafar bola halok bo‘ldi
O‘tgan oy Qunduzning shimoliy qismida Afg‘oniston harbiy-havo kuchlari tomonidan o‘ldirilgan 36 kishining 30 nafari bolalar bo‘lgan. BMTning Afg‘onistondagi missiyasi dushanba kungi hisobotida shu haqida ma'lum qildi.
Hisobotga ko‘ra, 2 aprel kuni Dashti archi tumanidagi marosimda ham 71 kishi halok bo‘lgan bo‘lsa, ulardan 51 nafari bolalar bo‘lgan.
Ma'lumotda keltirilishicha, aslida raqamlar bundan-da ko‘proq, biroq qat'iy tekshiruv usuliga ko‘ra har bir o‘lim holatini tasdiqlash uchun uch mustaqil manba talab etiladi.
Manbada ta'kidlanishicha, Qur'on tilovat qilish marosimi haqida keng ommaga e'lon qilingan bo‘lgan, yig‘ilganlar asosan mahalliy fuqarolar bo‘lib, aksariyat bolalar hatto 10 yoshga ham yetmagan bo‘lgan.
Afg‘onistondagi BMT missiyasining qo‘shimcha qilishicha, qurbonlar orasida bolalarning ko‘pligi afg‘on hukumatining urush qoidalariga hurmatini shubha ostiga qo‘yadi.
Hujumdan so‘ng Afg‘oniston hukumati maqsad "Tolibon" harakatining harbiy yig‘ilishi bo‘lganini, u yerda toliblarning oliy qo‘mondonlari yig‘ilganini ma'lum qilgan.
BMT kuzatuvchilari jabrlanganlar orasida faqat oddiy fuqarolar bo‘lganmi yoki toliblar rahbarlari ham aviazarba ostida qolganmi - tasdiqlay olishmadi.
Kobul va Qunduz rasmiylari BMT hisobotiga zid ma'lumotlar berishgan, ba'zilari hatto tinch aholi vakillarining o‘ldirilganini ham rad etishgan.
Hukumat voqeani o‘rganish uchun ikki jamoani yo‘llagan, biroq hozircha ularning hech biri o‘z xulosasi bilan bo‘lishmadi, deyiladi BMT hisobotida.
Mavzuga oid
16:44 / 10.10.2024
BMTning «otasi» – Millatlar Ligasi tarixi
08:10 / 10.10.2024
TIV rahbari Afg‘onistonning O‘zbekistondagi yangi elchisini qabul qildi
23:14 / 07.10.2024
Telegram uyushgan jinoiy guruhlarning «xufyona bozorlariga» aylandi – OAV
20:23 / 07.10.2024