Jahon | 00:39 / 08.05.2018
10250
2 daqiqa o‘qiladi

Dmitriy Medvedev Rossiya hukumatining yangi tarkibiga nomzodlarni taklif qildi

Foto: RIA Novosti / Yekaterina Shtukina

Rossiya bosh vaziri vazifasini bajaruvchi Dmitriy Medvedev “Yedinaya Rossiya” partiyasi deputatlari bilan uchrashuvda vazirlar mahkamasining yangi tarkibiga nomzodlarni taklif qildi.

U iqtisodiyot va moliya sohasi uchun javobgar sifatida Anton Siluanovni, ijtimoiy muhofaza, mehnat, pensiya ta'minoti va sog‘liqni saqlash sohasidagi siyosatni amalga oshirish uchun javobgar sifatida Tatyana Golikova nomzodini taklif qilgan.

Medvedev sobiq qishloq xo‘jaligi vaziri Aleksey Gordeyevni qishloq xo‘jaligi bo‘yicha, Vitaliy Mutkoni qurilish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarlari lavozimiga taklif qilgan.

Medvedev transport, aloqa, raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish masalalari bo‘yicha javobgar lavozimiga Maksim Akimovni taklif qilgan.

U, shuningdek, Dmitriy Kozakni sanoat va energetika, Olga Golodetsni madaniyat va sport, Yuriy Borisovni mudofaa-sanoati majmuasini rivojlantirish masalalari bo‘yicha bosh vazir o‘rinbosarlari, Konstantin Chuychenkoni vazirlar mahkamasi apparati rahbari lavozimlariga taklif qilgan.

Medvedev hozircha hukumatning rahbarlik tarkibi muhokama qilinayotganini aytgan. “Yedinaya Rossiya”dagi manba Medvedev vazirlar lavozimlariga nomzodlarni aytmaganini ma'lum qilgan. 

Medvedev deputatlar bilan maslahatlashuvlarni Rossiya prezidenti Vladimir Putin bosh vazir lavozimiga uning nomzodini taklif qilgandan keyin boshlagan. Davlat dumasi Putinning taklifini 8 maydagi yalpi majlisda ko‘rib chiqadi.

Mavzuga oid