Jamiyat | 11:23 / 08.05.2018
15035
2 daqiqa o‘qiladi

Hamkorbank Urganch, Chirchiq, Chust va Hazorasp shaharlarida yangi filiallarini ochdi

Aholi va tadbirkorlik sub'yektlariga keng qamrovli bank xizmatlarini taklif etish maqsadida Chet el kapitali ishtirokidagi “Hamkorbank” aksiyadorlik tijorat bankining Xorazm mintaqaviy, Chirchiq, Chust va Hazorasp filiallari o‘z faoliyatini boshladi.

Filiallar shahar markazlarida qulay joylashuvi bilan birgalikda zamonaviy jihozlar va keng qamrovli bank xizmatlarini taklif etadi.

Xorazm mintaqaviy filiali

Foto: Hamkorbank 

Xorazm mintaqaviy filiali Urganch shahri, Yog‘du ko‘chasi, 2/1-uy manzilida joylashgan.

Mo‘ljal - “Hamkor” biznes markazi.

 

Chirchiq filiali

Foto: Hamkorbank 

Chirchiq filiali Toshkent viloyati, Chirchiq shahri, A. Navoiy ko‘chasi, 4-uy manzilida joylashgan.

Mo‘ljal – UzMobile rasmiy ofisi yonida.

 

Chust filiali

Foto: Hamkorbank 

Chust filiali Namangan viloyati, Chust shahri, Istiqbol ko‘chasi, 21-uy manzilida joylashgan.

Mo‘ljal – Mudofaa ishlari bo‘yicha Chust shahar bo‘limi yonida.

 

Xozarasp filiali

Foto: Hamkorbank 

Xozarasp filiali Xorazm viloyati, Hazorasp shahri, G‘. G‘ulom ko‘chasi, 9-uy manzilida joylashgan.

Mo‘ljal – Xozarasp tuman hokimiyati ro‘parasida.

Yangi ochilgan Hamkorbank filiallariga marhamat!

Mavzuga oid