Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Medvedev Rossiya bosh vazirligiga tasdiqlandi
Foto: TASS
Rossiya Davlat dumasi Dmitriy Medvedevni bosh vazir etib sayladi.
Parlamentariylarning 374 nafari (226 ovoz talab etilardi) uning nomzodini yoqlagan, 56 kishi qarshi bo‘lgan. Ovoz berishda 430 parlamentariy ishtirok etgan.
Duma yig‘ilishi vaqtida «Yedinaya Rossiya» va LDPR to‘la tarkibda Medvedev nomzodini ma'qullagan, yana ikki fraksiya — KPRF va «Spravedlivaya Rossiya» esa qarshi chiqqan.
Dmitriy Medvedev boshqarayotgan Rossiya hukumati 7 may kuni iste'foga chiqqandi.
Shu kuni to‘rtinchi muddatga Rossiya prezidenti sifatida faoliyatini boshlagan Vladimir Putin Davlat dumasiga Dmitriy Medvedev nomzodini hukumat raisi etib tayinlash uchun rozilik olish maqsadida kiritgandi.
Mavzuga oid
09:42 / 11.12.2025
Ekspertlar: Rossiya frontdagi yo‘qotishlarni qoplayapti, qo‘shin soni oshmayapti
23:45 / 07.10.2025
Medvedev: «Yevropaliklar so‘yilishga ketayotgan hayvonday titrasin»
22:39 / 30.09.2025
Tramp yadroviy tahdidlari tufayli Medvedevni «ahmoq odam» deb atadi
11:35 / 04.08.2025