Jahon | 08:02 / 08.05.2018
13053
2 daqiqa o‘qiladi

Suriyada Rossiyaning harbiy vertolyoti halokatga uchradi

Foto: Aleksey Ivanov / TRK "Zvezda"

Suriyada Rossiya qurolli kuchlarining rejaga ko‘ra parvoz amalga oshirayotgan Ka-52 vertolyoti halokatga uchradi.

Vertolyotni boshqargan ikki uchuvchi ham halok bo‘lgan, ularning jasadlari topilib, aerodromga yetkazilgan.

“Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatga texnik nosozlik sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkin”, deb aytilgan Rossiya mudofaa vazirligi xabarida. 

Ka-52 “Alligator” 1990-yillarda Kamov nomidagi konstruktorlik byurosi tomonidan yaratilgan. Vertolyot zirhlagan va zirhlanmagan havo va quruqlikdagi mo‘ljallar, dushmanning tirik kuchini yo‘q qilish, desantni qo‘llab-quvvatlash va harbiy kolonnalarni patrullash uchun mo‘ljallangan. 

Bu may boshidan beri rossiyalik uchuvchilarning Suriyadagi ikkinchi halokatidir. 3 may kuni Su-30SM qiruvchi samolyoti Hmaymim aerodromidan havoga ko‘tarilgandan keyin halokatga uchragandi. Samolyotning ikki uchuvchisi ham halok bo‘lgan. Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, halokatga samolyot dvigateliga qush tushishi sabab bo‘lgan.  

Шуҳрат Раҳимов
Tayyorlagan Шуҳрат Раҳимов
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid