Jahon | 18:50 / 08.05.2018
6201
1 daqiqa o‘qiladi

Tramp Kerrini yadroviy bitim bo‘yicha muzokaralardan «uzoqroq yurishga» chaqirdi

Foto: AFP

AQSh prezidenti Donald Tramp sobiq davlat kotibi, Eron yadro dasturi bo‘yicha kelishuvni saqlab qolish tarafdori bo‘lgan Jon Kerrini bu masala bo‘yicha muzokaralardan “uzoqroq yurishga” chaqirdi.

"Jon Kerri o‘zida imkoniyat bo‘lgani va undan foydalana olmaganiga hech chiday olmayapti! Jon, muzokaralardan uzoqroq yuring, siz o‘z mamlakatingizga zarar keltiryapsiz!" – deya yozgan Qo‘shma Shtatlar yetakchisi Twitter-akkauntida. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSh sobiq davlat kotibi Jon Kerri 2018 yilda Eron TIV rahbari Muhammad Javod Zarif bilan bir necha marotaba uchrashib, yadroviy kelishuvni muhokama qilgani xabar berilgandi. Ma'lumotlariga ko‘ra, Kerri va Zarif kelishuvni saqlab qolishning turli variantlari ustida so‘z yuritgan. Muzokaralar qanday natija keltirgani xabar qilinmagan.

Отабек Матназаров
Tayyorlagan Отабек Матназаров
Kun.uz yangiliklarini Google News'da kuzating
+ Obuna bo'lish

Mavzuga oid